Adib Xolid Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurdi
2025-12-05 09:00:00 / Yangiliklar
“Turkistonda Jadidchilik” kitobi muallifi, tarixchi olim Adib Xolid Yoshlar ishlari agentligiga tashrif buyurib, agentlik loyihalari bilan tanishdi.

U “Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi jamoasi bilan uchrashib, asarining o‘zbek tiliga tarjima qilingani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Qizlar akademiyasi, Mutolaa, WikiStipendiya va UzChess loyihalari faoliyati bilan ham tanishdi.
Maʼlumot uchun, Adib Xolid — “O‘zbekiston tavalludi” (Making of Uzbekistan), “Turkistonda Jadidchilik” (Jadidism in Sentral Asia), “Markaziy Osiyo” (Sentral Asia) kitoblari muallifi. U Minnesota shtatining Nortfild shahridagi Karleton kollejida Osiyo tadqiqotlari va tarix bo‘yicha dotsent, Jeyn va Rafael Bernshteyn professori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun soat 15:00 da Yoshlar ijod saroyida Adib Xolid bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.



