Jahon Kubogi g‘olibi O‘zbekistonda
2025-11-27 20:00:00 / Yangiliklar

Hindistonda bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha FIDE Jahon kubogida g‘alaba qozongan hamyurtimiz Javohir Sindarov bugun Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Marosim davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi Farmoni Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan o‘qib eshittirildi.
Shuningdek, yosh shaxmatchimiz Davlatimiz rahbarining tegishli Qaroriga muvofiq, Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tasnifidagi jahon miqyosidagi musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun 123 600 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Uning murabbiyiga esa 61 800 000 so‘m mukofot topshirildi.
Bundan tashqari, Jahon kubogi g‘olibiga Prezident sovg‘asi sifatida 3 xonali uy ham topshirildi.






