Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol
2025-11-09 16:00:00 / Yangiliklar
OncoDaily xalqaro platformasi tomonidan e’lon qilingan “Onkologiya sohasidagi eng nufuzli 100 nafar ayol” ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyeva kiritildi.

Bu yuksak e’tirof Ziroat Mirziyoyevaning bolalar onkologiyasi yo‘nalishida ilgari surayotgan tashabbuslari, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va og‘ir kasalliklarga chalingan bolalarning hayot sifatini yaxshilash yo‘lidagi fidokorona mehnatining xalqaro darajada tan olinganidan dalolatdir.