MUASSASA AUDITI ! Barcha manfaatdor xizmat ko‘rsatuvchilarga
2026-05-01 16:55:00 / Marketing Tadqiqotlari
Xizmat predmeti:
2025-yil uchun muassasa auditini O‘zbekiston Respublikasi Milliy buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq, ilova qilinayotgan Texnik topshiriq va moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida o‘tkazish.
Tijorat taklifiga qo‘yiladigan talablar:
Tijorat takliflari elektron shaklda taqdim etilishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
- auditorlik xizmatlarining tavsifi;
- xizmatlar qiymati (milliy valyutada — so‘mda, narx shakllanishi shartlari bilan);
- audit o‘tkazish muddatlari va shartlari;
- yetkazib beruvchi (ijrochi) to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar, shu jumladan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya mavjudligi va aloqa ma’lumotlari;
- o‘xshash xizmatlarni bajarish tajribasi to‘g‘risida ma’lumot (mavjud bo‘lsa).
Zarur hollarda tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Takliflarni taqdim etish muddati:
2026 yil 11 may kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) quyidagi elektron manzilga yuborilishi lozim:
info@ssvxm.uz
Aloqa uchun mas’ul shaxs:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
“Xaridlar markazi” davlat muassasasi
Bosh buxgalteri
Sharafieva R.
Tel.: +998 (55) 508-55-00 (ichki 600)
Xaridlar va tahlil bo‘limi yetakchi mutaxassisi
Tursunxodjayev F.
Tel.: +998 (55) 508-55-00 (ichki 202)
Qo‘shimcha ma’lumot:
Muassasa quyidagi huquqlarni o‘zida saqlab qoladi:
• qo‘shimcha ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash;
• belgilangan talablarga javob bermaydigan tijorat takliflarini ko‘rib chiqmaslik.
