Samarqand turizm qishloqlarida xizmatlar sifati va marketingni oshirish bo‘yicha xalqaro seminar-trening
2026-01-30 20:30:00 / Yangiliklar

Xalqaro Turizm Akademiyasi Samarqand kampusida JICA eksperti Asami Kinoshita o‘tkazilgan tadbirda viloyat turizm salohiyatini jadal rivojlantirish, mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada ko‘paytirish hamda viloyatdagi turizm qishloqlarida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va marketing strategiyalarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Ishtirokchilar turizm sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, mijozlar bilan ishlash tajribasi va innovatsion marketing usullari bilan tanishtirildi. Seminar davomida qatnashchilar amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok qilib, turizm xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha real misollarni ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘z qishloqlari imkoniyatlarini aniqlash va ularni samarali tarzda targ‘ib qilish bo‘yicha maslahatlar oldilar. Bu esa viloyat turizm salohiyatini oshirish va mahalliy aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Bunday seminar-treninglar nafaqat turizm xizmatlarining sifatini yaxshilash, balki mahalliy turizmni rivojlantirish va xalqaro tajribalarni joriy etish uchun muhim platforma hisoblanadi.









