Gender tenglik

Davlat zaxiralarini boshqarish qо‘mitasi tizimida Gender tenglik siyosati haqida
О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qо‘mitasining (keyingi о‘rinlarda – О‘zdavzaxira) mehnat jamoasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqni hamda imkoniyatlarni ta’minlash masalalari Qо‘mitaning 46-AF-son buyrug‘iga muvofiq tasdiqlangan Maslahat-kengashiga yuklatilingan. Uning asosiy maqsadi etib, quyidagilar: “Qо‘mitaning mehnat jamoasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratish, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish, ishiga munosib haq tо‘lash, rag‘batlantirish, rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish, shuningdek bu borada olib borilayotgan ishlarni tahlil qilib, zarur takliflarni ishlab chiqish” belgilangan.
Kengash oldiga qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun, Kengashning Nizomiga asosan Qо‘mitada quyidagilar amalga oshiriladi.
“О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar О‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida” 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan О‘zdavzaxiraning 11.06.2021-yildagi 108/OD-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga kо‘ra, xotin-qizlarning Qо‘mita faoliyatidagi rolini, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda ayollarning ulushini oshirishga va gender teglikka erishishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xozirgi kunda Qо‘mita xodimlarining umumiy sonining 25%, rahbarlik lavozimlarining 18% xotin-qizlar ulushiga tо‘g‘ri keladi.
Gender tenglikka erishish uchun Qо‘mitaning rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirganda xotin-qizlar ulushini 30% yetkazish uchun, jamoada faoliyat yuritayotgan ayollarning malakasini oshirish choralari kо‘rilmoqda. Ushbu maqsadda, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi
PQ-4359-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga kо‘ra tabaqalashtirilgan tо‘lov-kontrakt asosida о‘qishga qabul qilish uchun Qо‘mitaning uch nafar ayollariga Tavsiyanoma berilib О‘zbekiston Respublikasi Milliy universitetida hamda Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida о‘qishi, oliy ma’lumotga ega bо‘lishi, rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilishi ta’minlandi.
Shu bilan birga, Qо‘mitaning yopiq lokal tarmog‘ida joylashga Qisqa axborot almashish dasturi (messendjer) orqali Hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bilan tanishtirish va tushuntirish berish ishlari olib boriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan (03.08.2021-yil. 8/07-1/3000-son xati) xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan “kurslar.huquqiyportal.uz” elektron platformasiga joylashtirilgan onlayn о‘quv kurslariga keng doirada qо‘mita tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar jalb qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2021-yildagi “Zо‘rlik ishlatishdan jabr kо‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda о‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 625–son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Qо‘mitaning 08.10.2021-yildagi 165/OD-sonli buyrug‘i bilan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Qо‘mita va uning tasarrufidagi tashkilotlari tomonidan ushbu qaroriga ilova etib tasdiqlangan “Xotin-qizlar о‘rtasida о‘z joniga qasd qilishning oldini olish bо‘yicha chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan tegishli bandlari bо‘yicha kerakli tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish vazifasi yuklatilingan. Barcha xodimlar ushbu hujjat bilan sinchkovlik bilan tanishtirilgan.
О‘zdavzaxira hamda Kasaba uyushmasi tomonidan imzolangan Jamoa shartnomasida ishchilarni ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlarining ta’minlash maqsadida bir qator ishlar belgilangan, jumladan, xotin-qizlar va erkaklarning sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlash; epidemiologik tahdid solayotgan kasalliklarga qarshi xodimlarni emlash (vaksinatsiya qilish); har yili kuz mavsumida qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini xarid qilish uchun pul kompensatsiyasini tо‘lash; tushlik qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hamda jamoat transporti xarajatlarini qoplash; xodimlarga bola tug‘ilishi munosabati bilan, kо‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga, davolanishi va og‘ir moliyaviy ahvoli, xodimning yoki uning farzandlarining tо‘yi munosabati bilan moddiy yordam kо‘rsatish; xodimlarning farzandlarini bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishlarini tashkil etish; xodimning yaqin qarindoshi vafot etganida moddiy yordam kо‘rsatish va h.k.
Jamoa shartnomasida “Mehnatni muhofaza qilish”ga qaratilgan IX-bob bо‘lib, unda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, birinchi navbatda mehnat va dam olish tartibi, xodimlarga ijtimoiy-maishiy xizmat kо‘rsatishga oid meyoriy talablar kiritilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasi “Bola ikki va uch yoshga tо‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar” talablaridan kelib chiqib О‘zdavzaxira xodimlariga ham ularning arizalariga muvofiq ijtimoiy ta’tillar beriladi. Bola parvarishi uchun ta’til berish imkoniyatidan xodimlarning foydalanayotganligi tо‘g‘risida statistik ma’lumotlar Davlat statistika qо‘mitasiga beriladigan “1-mehnat” va “4-mehnat” hisobotlarida hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligiga Davlat fuqarolik xizmatchilarining markazlashtirilgan hisobini yuritish statistik hisobotida ham qayd etiladi.
Jamoa shartnomasida “Ayollar mehnatini tartibga solish. ayollar va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga beriladigan qо‘shimcha imtiyoz va kafolatlar”ga qaratilgan XII-bob bо‘lib, unda Taraflar mehnat munosabatlari sohasida kamsitmaslik, huquq va imkoniyatlar tengligi, teng ahamiyatli mehnat uchun teng haq tо‘lash prinsiplariga qat’iy rioya etishni о‘z zimmalariga olganlar.
Hamda ayollarning mehnat huquqlari va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash borasida Xalqaro mehnat tashkilotining quyidagi hujjatlariga og‘ishmay rioya etadilar:
- Xalqaro mehnat tashkilotining 1930-yildagi Majburiy mehnat tо‘g‘risidagi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnoma;
- “Teng ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayol mehnatkashlarga teng haq tо‘lash tо‘g‘risida”gi 100-sonli Konvensiya;
- “Onalikni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi 103-sonli Konvensiya;
- “Majburiy mehnatni tugatish tо‘g‘risida”gi 105-sonli Konvensiya;
- “Mehnat va ish turlari sohasida kamsitishlar tо‘g‘risida”gi 111-sonli Konvensiya;
- “Ishga qabul qilish uchun minimal yosh tо‘g‘risidaggi 138-sonli Konvensiya;
- “Bolalar mehnatining eng yomon shakllarini taqiqlash va darhol bartaraf etish tо‘g‘risida”gi 182-sonli Konvensiya.
