MUSTAQILLIK BAYRAMINING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZDAVZAXIRA TIZIMIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XODIMLAR TAQDIRLANDI
2026-08-28 17:05:00 / Yangiliklar

MUSTAQILLIK BAYRAMINING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZDAVZAXIRA TIZIMIDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN XODIMLAR TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tizimida samarali mehnat qilib, o‘zining fidoyiligi, tashabbuskorligi va kasbiy mahorati bilan alohida namuna ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qo‘mita raisi M.Kurbanov tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlash marosimida xodimlarning mamlakatimiz taraqqiyoti, soha rivoji hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishdagi munosib hissasi alohida e’tirof etildi.

Qo‘mita jamoasi nomidan barcha taqdirlangan xodimlarni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz va ularga kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik hamda yangi zafarlar tilaymiz!

