Boʻsh turgan bino boʻlmasligi kerak!
2025-11-04 21:20:00 / Yangiliklar

Bugun viloyat hokimligida ushbu oʻrganishlar natijasi muhokama qilindi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov har bir obʼekt holati bilan yaqindan tanishib, ulardan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar belgiladi.
Viloyat rahbariga dastlab viloyatdagi 42 ta mahallalarda oʻtkazilgan xatlov natijasida aniqlangan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obʼektlari va boʻsh yer maydonlari boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Shundan soʻng, Namangan viloyatidagi tijorat banklarining balansidagi mol-mulklaridan samarali foydalanish boʻyicha loyiha takliflari bilan tanishildi.
Yigʻilishda Toshkent viloyatining Angren shahridan Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanigacha boʻlgan yoʻlboʻyi infratuzilmasini tartibli tashkil etish boʻyicha master-reja muhokamasi ham boʻlib oʻtdi.
Viloyat hokimi boʻsh turgan obʼektlar va yer maydonlaridan samarali foydalanish uchun aholi, ayniqsa, tadbirkorlar oʻrtasida targʻibotni kuchaytirish, Road Show tadbirlarini tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati









