Namangan viloyatida tibbiyot turizmi ham keng rivojlanmoqda
2025-11-03 12:00:00 / Yangiliklar
Davlatobod tumani "Gʻalaba" turizm koʻchasida nafaqat servis va xizmat koʻrsatish sohasi, balki tibbiyot turizmi ham jadal rivojlanmoqda.

Yaqin kunlarda ushbu koʻchada “Rano Med” klinikasining toʻrtinchi filiali oʻz faoliyatini boshlaydi. Loyiha umumiy qiymati 2 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Shuningdek, klinikaga Germaniya va Xitoy davlatlaridan zamonaviy tibbiy jihozlar olib kelingan boʻlib, loyiha doirasida 40 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu obektda boʻlib, yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
Davlatobod tumani hokimligi
Axborot xizmati









