Mingbuloqda paxta yig‘im-terimi jarayonlari o‘rganildi
2025-10-04 14:00:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Mingbuloq tumanida bo‘lib, paxta yig‘im-terimi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tumanda 38 ta zamonaviy paxta terish mashinasi hamda mingdan ortiq terimchilar ixtiyoriy ravishda mehnat qilmoqda. Shuningdek, hosil terimida hasharchilar ham faol ishtirok etib, kuniga qariyb 1 500 tonna hosil topshirilmoqda.
Joriy yil bahor mavsumida tumandagi 10 ming 900 gektar maydonga chigit ekilgan bo‘lib, umumiy hisobda 47 ming 743 tonna hosil topshirish rejalashtirilgan.
Viloyat hokimi jarayonlarni ko‘zdan kechirarkan, terim ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, paxtakorlar va hasharchilar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, faol terimchilar mehnati e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.









