Namanganda “Raqamli mahalla” platformasi taqdimoti o‘tkazildi
2025-10-04 09:35:00 / Yangiliklar

Tadbir Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi hamda “UNICON-SOFT” MCHJ Namangan filiali hamkorligida tashkil etildi.
Dastlab platforma imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, “mahalla.ijro.uz” elektron tizimi orqali mahalla faoliyatini samarali yuritish, hujjatlar aylanmasi va hisobotlarni raqamlashtirish imkoniyatlari namoyish etildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi davomati ma’lumotlarini raqamlashtirish, FaceID orqali ro‘yxatdan o‘tish va lokatsiyalarni aniqlash funksiyalari ham taqdim etildi.
Tadbir doirasida mazkur platforma mahallalarda xizmat samaradorligini oshirish, aholi bilan ishlashda zamonaviy yechimlar joriy etishda muhim qadam bo‘lishi ta’kidlandi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.


