Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlanmoqda
2025-10-03 12:25:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy ishchi komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda Respublika Asaka banki raisi K. Tulyaganov, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Z. Baxriddinov hamda viloyatdagi mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining tashkiliy masalalari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda hududiy ishchi guruhlarning faoliyati batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, Farmon ijrosini samarali tashkil etish, barcha bosqichlarni puxta rejalashtirish va natijadorlikka erishish zarurligi ta’kidlanib, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.





