Fuqarolar murojaati
2024-04-04 14:01:00 / Yangiliklar
Xotin-qizlar bandligi oilaviy muammolar oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Viloyat hokimi Chust tumanida fuqarolar murojaatlarini tingladi.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumanidagi oʻrganishlari davomida Gʻova qishlogʻidagi 72-sonli maktab hovlisida tuman prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” bilan tanishdi.
Shu joyda viloyat rahbari fuqarolarning murojaatlarini tingladi.
Gʻova qishlogʻidagi mahallalardan kelgan 55 nafar xotin-qizlarning ishga joylashish, kredit hamda subsidiya olish, xorijda sarson boʻlib yurgan farzandini qaytarish kabi masalalari oʻrganilib, aksariyati shu joyning oʻzida hal etildi








