MUNOSABAT: Gender siyosati, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy adolatni ta’minlash borasidagi amaliy ishlar xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
2025-09-26 17:35:00 / Yangiliklar

Bu borada Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbuslari bilan gender tengligini ta’minlash uchun bir qator qonunlar va dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tadbiq etildi. Gender tengligini qo‘llab-quvvatlash, ayollarning jamiyatdagi rolini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, Hurmatli Prezidentimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 80-sessiyasi yuksak minbaridan turib muhim yo‘nalish — gender siyosati haqidagi fikrlari biz ayollarni to‘lqinlantirib yubordi.
Davlatimiz rahbari mamlakatlar yetakchilariga murojaat qilib, O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti va tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning rolini bundan buyon ham mustahkamlashni maqsad qilganligiga alohida to‘xtalib, mintaqamiz miqyosida esa Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirib, muntazam o‘tkazib borish tarafdori ekanligini ta’kidladi.
Men ishonch bilan ayta olamanki, yurtimizda gender siyosati, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy adolatni ta’minlash borasidagi amaliy ishlar, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorliklar va tajriba almashish xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Dinora Yakubova, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i
