Pop tumanida yirik sanoat loyihasi amalga oshirilmoqda
2025-09-23 15:25:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Pop tumanida barpo etilayotgan “POP SEMENT” MCHJ qo‘shma korxonasi loyihasi bilan tanishdi.

Qiymati 20 mln. dollar bo‘lgan loyiha doirasida yiliga 200 ming tonna sanoat ohak va 12 ming tonna pardozbop shpaklyovka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona 2026 yilning 4-choragida ishga tushirilib, 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Loyiha amalga oshishi natijasida yiliga 3 mln. dollar eksport, 6 mlrd. so‘mdan ziyod budjet tushumi va 160 mlrd. so‘m sanoat hajmi ta’minlanishi kutilmoqda.






