XALQARO ASAL FESTIVALIGA MARHAMAT!
2025-09-23 16:05:00 / Yangiliklar
Gullar shahri Namanganda 2025-yilning 24 - 26-oktabr kunlari IV "XALQARO ASAL FESTIVALI" o‘tkaziladi.

Festival doirasida:
• Dunyoning 10 dan ortiq davlatlaridan va respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan asalarichilar ishtirokida Asal yarmarkasi
• Xalqaro ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiyalar
• B2B formatidagi uchrashuvlar
• Madaniy koʻngil ochar shoular
• Osh chempionati
• Moda ko'rgazmasi
tashkil etiladi
Barchangizni 24 - 26-oktabr kunlari "Afsonalar vodiysi" tematik bog'iga taklif etamiz!!!
