Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami munosabati bilan Namangan viloyatining Raqamlashtirish sohasi barcha tarmoqlarida turli tadbirlar - uchrashuvlar hamda musobaqalar tashkil etildi.
2025-08-30 19:10:00 / Yangiliklar
Bugun mana shu tadbirlarning yakuniy qismi sifati "IT Park" Namangan filialida "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Yangi O‘zbekistonda IT taraqqiyoti" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu tadbirda sohada samarali faoliyat yuritayotgan rezidentlar, dasturchi va frilanserlar ishtirok etishdi.
Muloqotda sohada erishilayotgan yutuqlar va klegusi rejalar haqida gap bordi.
Shuningdek, tadbir yakunida mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan "CS2" kiber sporti musobaqasi g‘oliblari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.




