Namanganda Startuplar-kelajak taraqiyoti mezoni mavzusida o‘ziga xos tadbir tashkil etildi
2025-09-01 18:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan "Vatan uchun,millat uchun,xalq uchun!" shiori ostida Namangan viloyati hokimligi, IT Park viloyat filiali bilan hamkorlikda Namangandagi samarali faoliyat yuritayotgan IT Park rezidenti, IT ta’lim muassasasi – “Algoritm Ta’lim” markazida startaplar taqdimoti o‘tkazildi. Unda 14 nafar yoshlar o‘z loyihalarini namoyish etdi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimligi, IT Park viloyat filiali mutaxassislari hamda “Start-Up Garaj” kompaniyasi vakillari ishtirok etib, loyihalarga amaliy maslahatlar va yo‘nalishlar berdilar. Shuningdek, venchur investitsiyalarni jalb etish, to‘siqlarni bartaraf etish va muvaffaqiyatli start bosqichlari haqida ko‘rsatmalar taqdim etildi.
Mutaxassislar “Algoritm Ta’lim” markazida ushbu sohada amalga oshirayotgan ishlarini yuqori baholab, tadbir Namangan viloyatidagi yosh IT dasturchilar uchun o‘ziga xos imkoniyat ekanligini ta’kidladilar.
