Norin tumanida o‘quvchilarga maktab formalari topshirildi
2025-08-19 12:15:00 / Yangiliklar
Tumandagi mavjud 44 ta umumta’lim maktabida 30 mingdan ortiq o‘quvchi ta’lim olmoqda. Ularning bilimga intilishini qo‘llab-quvvatlash, yangi o‘quv yilini bayramona boshlashini ta’minlash maqsadida tumanda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 41-maktabda 77 nafar o‘quvchiga yangi o‘quv yili oldidan maktab formasi topshirildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularga yangi o‘quv yilida yuksak muvaffaqiyatlar tiladi.
Mazkur tashabbus maktab mavsumi boshlanguniga qadar davom ettirilib, jami 400 nafardan ortiq bolajon yangi o‘quv yilini quvonch va shodlik bilan kutib olishi uchun zarur kiyim-boshlar bilan ta’minlanadi.
Norin tumani hokimligi Axborot xizmati.





