Namanganda “Tadbirkorlar bilan bir kun: biznes va investitsiya” forumi
2025-08-18 14:25:00 / Yangiliklar

Dastlab maskan foyyesida namanganlik tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik so‘zida keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahnamoliklarida yurtimizda ishbilarmonlik muhiti rivojlangani, tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgani haqida to‘xtalib, forum ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Namangan viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur forumda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yetakchi mutaxassislar tadbirkorlar va yoshlar bilan uchrashib, o‘z bilim va tajribalarini ulashdilar.
Jumladan, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktori Abbosxon Mahamatov, “Millat umidi” universtiteti va maktabi asoschisi Umidjon Ishmuhamedov, innvestitsiya bo‘yicha xalqaro ekspert Tamilla Kurbanova va boshqa bir qator spikerlar bilan ochiq muloqot ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Forum ishtirokchilari muvaffaqiyatli biznes yuritish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish va xalqaro bozorga chiqish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi tadbirlar yangi biznes g‘oyalarini ilgari surish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









