"VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN!"
2025-08-14 05:35:00 / Yangiliklar
Yangi Namangan tumanidagi "Sohil" MFYda Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Umummilliy birdamlik" festivali doirasida “Uch avlod uchrashuvi ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Namangan viloyati bo‘limi rahbari M.Appaqov ochib berdi. Loyihaning maqsadi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy boylikka ega shaxslar etib voyaga yetkazishdir.
Tadbir davomida "Sohil" MFY nuroniylari so‘zga chiqib, mustaqillikning 34 yilligi "Vatan uchun, millat uchun, halq uchun" shiori ostida nishonlanayotganligiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Tadbir davomida san’atkorlar o‘z qo‘shiqlari bilan chiqish qildilar






