Namanganda to‘qimachilik sanoati rivojlanmoqda
2025-08-15 00:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Ishchi guruhi To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Namangan EIZda joylashgan “Iftihor kiyim sanoat” MCHJ korxonasi misolida Namanganda to‘qimachilik sohasida eskport imkoniyatlarini oshirish va zahiralarni ishga solish, aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

17 gektar maydonni egallagan, loyiha qiymati qariyib 200 million yevroga teng korxonada paxta xomashyosidan ip kalava, to‘quv, bo‘yash, tikuv va denim-nondenim mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Hozirda korxonaning birinchi bosqichida 600 kishi ishlamoqda. Kompleks to‘la bitgach 3000 kishining bandligi ta’minlanadi.
Ishchi guruhi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamrohligida bu yerda yaratilgan mavjud imkoniyatlar va kelgusi rejalar bilan yaqindan tanishdilar.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









