Namangan tajribasi: huquq-tartibot maskanlari faoliyati o‘rganildi
2025-08-15 00:50:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz o‘tgan yil 25-26 mart kunlari viloyatimizga qilgan tashriflari chog‘ida jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, Namangan shahrini jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha Namangan tajribasini yaratish borasida bir qator vazifalar belgilab bergan edilar.
Yangicha ishlash mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish hamda kriminogen vaziyatni yaxshilash, aholining mazkur yo‘nalishdagi murojaatlarini o‘z vaqtida va qisqa muddatlarda bartaraf etish maqsadida, kriminogen vaziyati og‘ir va fuqarolarning murojaatlari ko‘plab tushayotgan mahallalar 20 ta mikro- hududlarga bo‘linib, "Huquq-tartibot maskan”lari tashkil etildi.
Ishchi guruhi Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamrohligida mazkur maskan faoliyati samaradorligini amalda ko‘rdilar.
Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev bunday maskanlarning bugungi kundagi faoliyati, uning ahamiyati va samarasi haqida ma’lumot berdi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









