Namunali Kengash deputatlar faoliyatining yuzi
2025-08-15 01:05:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Ishchi guruhi xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashi faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab tuman Kengashi kotibiyati, 8 ta doimiy komissiyalar, 5 ta siyosiy partiya guruhining faoliyati, ish yuritish hujjatlari o‘rganildi. Sessiyalarga kiritilgan masalalar, deputatlik so‘rovlari, deputatlarning murojaatlarni o‘rganishi, faoliyati aks etgan fotoalbomlar ham Ishchi guruhi e’tiborini tortdi.
Shu yerda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Namunali Kengash faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha tumanda ijobiy ishlar amalga oshirilgani e’tirof etildi.
Ishchi guruhi o‘rganishlariga Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamrohlik qildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.






