Viloyat hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot qildi
2025-08-05 15:45:00 / Yangiliklar
Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Norin tumanida o‘ziga biriktirilgan “Uchtepa” hamda “Xo‘jaqo‘rg‘oncha” mahallalari yoshlari bilan uchrashdi.

“Uchtepa” mahallasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda hududda istiqomat qiluvchi 50 nafarga yaqin ishsiz yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘z muammolari, taklif va tashabbuslari yuzasidan so‘z oldi. Viloyat hokimi ularning har bir savoliga atroflicha javob berib, amaldagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, bandlik dasturlari orqali ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Norin tumani hokimligi Axborot xizmati.






