Professional IT-sertifikat olish uchun davlat xizmatchilarini oʻqitish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi
2024-03-15 16:00:00 / Yangiliklar
“Oʻzbektelekom” AK Namangan viloyat filialining majlislar zalida xalqaro platformalarda professional IT-sertifikat olish uchun davlat xizmatchilarini oʻqitish yuzasidan Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda seminar-trening oʻtkazildi.

Seminar-treningda boshqarma va tashkilotlarining raqamlashtirishga masʼul oʻrinbosarlari va xodimlari ishtirok etishdi, ularga “Coursera” xalqaro platformasida professional IT-sertifikat olish yuzasidan taqdimot oʻtkazilib, sertifikat egalariga beriladigan imtiyozlar, bir martalik subsidiyalar (https://lex.uz/docs/6796143), xalqaro IT-sertifikatlarni qoplab berish (https://lex.uz/docs/6804166) tizimlari boʻyicha tushunchalar berildi.
Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev, Raqamli texnologiyalar vazirligining boʻlimi boshligʻi Jamshidbek Jaʼfarov hamda hududiy shoʻbasi rahbari Rasuljon Xolmatovlar ishtirok etishdi.



