“Yoshlar bog‘i” – Yangi qiyofada
2025-07-26 11:55:00 / Yangiliklar

Ayni kunlarda mazkur bog‘da keng qamrovli rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Yangi loyiha doirasida bog‘ni ijtimoiy turizm markaziga aylantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda zamonaviy arxitektura yechimlari asosida infratuzilma yangilanmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov rahbarligidagi ishchi guruh qurilish ishlari bilan tanishdi. Viloyat rahbari sifat masalasiga alohida e’tibor qaratdi hamda topshiriqlarni aniq belgilab, loyihaning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash lozimligini ta’kidladi.
Bog‘ni qayta jonlantirish orqali bu maskanda sayrgohlar, ekskursiya yo‘nalishlari, madaniy tadbirlar uchun mo‘ljallangan sahnalar, bolalar maydonchalari va zamonaviy servis obyektlari tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









