Badiiy akademiya bilan hamkorlik- yangi tashabbus va takliflar qo‘llab-quvvatlanadi
2025-07-25 17:15:00 / Yangiliklar

Samimiy o‘tgan suhbat chog‘ida viloyatda badiiy ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy muhitni rivojlantirish, ustoz-shogird an’analarini izchil davom ettirish, yosh iste’dodlarni aniqlash va ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, turizmni rivojlantirish orqali milliy san’atni keng targ‘ib etish, sayyohlarga mahalliy rassomlar asarlarini namoyish etish, ijodkorlar uchun zamonaviy san’at maktablarini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda, shuningdek, usta naqqosh, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, marhum M. Husayinov nomiga uy-muzey barpo etish hamda viloyatdagi iqtidorli ijodkorlar asarlaridan iborat badiiy asarlar “San’at” muzeyini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov barcha tashabbus va takliflarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, ularni amalga oshirishda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida mehmonga xalqaro "Gullar festivali" ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alari topshirildi.




