Pillachilik salohiyati va sohada ayollar bandligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi
2025-07-23 16:10:00 / Yangiliklar

Unda Vazirlar Mahkamasi Ishchi guruhi a’zolari, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hamda Namangan viloyatidagi ipakchilik klasterlari vakillari qatnashdilar.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalarni taxlil qildilar.
Viloyatda pilla yetishtirish xajmini oshirish, sohaga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qayta ishlashni kengaytirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, shu bilan birga, sohada ayollar ishtirokini kuchaytirish, uy mehnatini rag‘batlantirish, ularga malaka oshirish va kredit resurslariga keng yo‘l ochish orqali barqaror bandlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida soha oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.






