Namanganda dunyo miqyosidagi madaniy va turistik voqelikka aylangan 64-Xalqaro “Gullar festivali”ning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2025-07-14 06:25:00 / Yangiliklar

Bu yilgi 64-Xalqaro “Gullar festivali”ning o‘ziga xos va tarixiy jihati shundaki, o‘tgan yili 40 kun o‘tkazilgan festival bu gal mahalliy va xorijiy sayyohlar, gulsevarlar, san’at va madaniyat ixlosmandlarining talab va rag‘batlarini inobatga olgan holda ilk bor 50 kun davom etdi.
Festival doirasida viloyatga tashrif buyurgan mehmonlar soni 7 million nafardan oshdi. Festival kunlari 8 trillion so‘mlik savdo va pullik xizmatlar ko‘rsatildi.
Tantanali marosimda "Eng obod, eng gulzor mahalla" tanlovi g‘oliblari, festivalda munosib ishtirok etgan tumanlar, korxona va tashkilotlar, gulchilar munosib rag‘batlantirildi. 3 ta yo‘nalishda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarga bosh sovrin – zamonaviy avtomashinalar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir san’at ustalarining katta konsert dasturi bilan davom etdi. Ayniqsa, poytaxtdan tashrif buyurgan el suygan xonandalar: G‘aybulla Tursunov, Imron, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning chiqishi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Tantanali marosim mushakbozlik bilan ko‘tarinki ruxda yakunlandi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









