Axsikentdagi noyob topilmalar
2025-07-07 11:55:00 / Yangiliklar

10 metrga 15 metrlik rejali qazuv tadqiqotlari davomida uning quyi qatlamidan eramizning I-II asrlariga oid bo‘lgan qizil angobli ko‘zacha butun holatda topildi. Bu idishda tabobatga oid suyuqliklar saqlangani aytilmoqda.
Simob portlovchi xususiyatga ega mahsus modda bo‘lib, bundan 1000-yil oldin Axsikentda undan sanoat va harbiy maqsadda foydalanishgan.
Shu perimetrning yuqori qatlamlaridan XI-XII asrga tegishli ilmiy faoliyatga oid nodir ashyolar - simob ko‘zacha, siyohdon, kimoviy moddalarni, geologik rudalarni ajratuvchi ustaxona (labaratoriya) qoldiqlari aniqlandi.
Shuningdek, aholining ijtimoiy hayotida foydalangan ming yillik murg‘obi, karvonda olib yuriladigan suv idish - flyaga, nozik did bilan ishlangan, naqshinkor o‘yinchoqlar, beshik sirli tuvaklari va turli mis, bronza tangalar, metall buyumlar topildi.
Shu mavsumda 4 ta yirik muhandislik qurilmasi va 4000 ga yaqin turli nodir artefaktlar topildi.
Media Departament









