Popda “Jasorat maktabi” faoliyat boshladi!
2025-07-03 11:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tarbiyasi, ularni vatanparvarlik ruhida shakllantirish borasidagi topshiriqlari ijrosi doirasida Pop tumanida muhim loyiha — “Jasorat maktabi”ga rasmiy start berildi.

Pop tumanidagi harbiy qismda tashkil etilgan ushbu uch kunlik o‘quv yig‘inlarida yoshlar harbiy xizmatchilar hayoti bilan yaqindan tanishadi.
Tartib-intizom, jismoniy tayyorgarlik, ruhiy bardosh, sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar orqali ularda Vatanga bo‘lgan muhabbat va fidoyilik fazilatlari mustahkamlanadi.
Tantanali ochilish marosimida Pop tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev hamda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar rahbarlari ishtirok etib, yoshlarga ezgu tilaklarini bildirishdi va “Jasorat maktabi”ning ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.









