Maktab kutubxonalari yangi adabiyotlar bilan boyidi
2025-07-01 11:15:00 / Yangiliklar

Ayni paytda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan kutubxonalarda 135 ming 200 ta badiiy adabiyotlar mavjud. Tuman markazida boshlangan ertalabki tadbirdan so‘ng ular soni 6 ming 844 taga ortdi. Sababi kutubxonalarga mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 221 million 500 ming so‘mlik kitoblar - o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari tarqatildi.
Dastlab tuman hokimi Sherali Qosimov Ishoqxon Ibrat nomli majmua oldida kitobning inson, ayniqsa, yoshlar tafakkurini boyitishidagi o‘rni haqida gapirdi. Tashkillangan «Kitob karvoni” barcha hududlarga borishi kutubxonalar jamg‘armasiga munosib hissa bo‘lishini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng kitoblarni ortgan avtomobillar tumandagi maktablarga yo‘l oldi. O‘quv-tarbiya muassasalari yangi adabiyotlar bilan ta’minlandi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.






