Yo‘l bo‘yi infratuzilmasi rivojlanadi
2025-06-29 15:00:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugungi o‘rganishlari davomida Yangi Namangan tumanida yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish, savdo va servis xizmati ko‘rsatishni takomillashtirish loyihasi ijrosi bilan ham tanishdi.

Xususan, 24/7 savdo va servis xizmati obyektlarini tashkil etish, Namangan-Chortoq yo‘lini ta’mirlash, “Taraqqiyot” sanoat va servis markazida olib borilayotgan bunyodkorliklar o‘rganildi.
Viloyat rahbari bu kabi loyihalar viloyat iqtisodiy-ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, jarayonni tezlatish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









