Namanganda "Eng gulzor – eng obod mahalla" tanlovi go‘zallik va obodonlik bayramiga aylandi
2025-06-25 10:00:00 / Yangiliklar
Namangan shahrida o‘tkazilayotgan 64-Xalqaro “Gullar festivali” doirasida Namangan shahrida “Eng gulzor – eng obod mahalla” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlov mahallalarni yanada ko‘rkam va gulzor qilish, aholi o‘rtasida estetik did va ekologik madaniyatni yuksaltirish, obodonlashtirish ishlarini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotir.
Tadbirning dastlabki kunida tanlovda ishtirok etayotgan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar — gullar bilan bezatilgan hududlar, yashil maydonlar, obodonlashtirish loyihalari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
Namangan shahridagi "Ziyokor" mahallasi ham tanlovga faol tayyorgarlik ko‘rib, o‘zining betakror gul ko‘rgazmalari va hududiy ozodaligi bilan alohida e’tibor qozondi.
G‘olib mahallalar 64-Xalqaro “Gullar festivali” doirasida tantanali ravishda taqdirlanishi rejalashtirilgan.




