Yozgi ta’til ham maroqli, ham mazmunli o‘tmoqda
2025-06-20 13:35:00 / Yangiliklar

Norin tumani "Yashik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan so‘lim va betakror "Norin bolalar oromgohi" bolajonlarning eng sevimli maskanlaridan.
Ayni damda birinchi navbatda 160 nafar bola miriqib hordiq chiqarmoqda. Dam oluvchilarning har bir kuni serzavq o‘tishi uchun turli musobaqa va tanlovlar, kechalar o‘tkazilyapti. Yozgi basseyn, kutubxona bolalar xizmatida.
Har oqshom bo‘lib o‘tayotgan turli viktorina va musiqiy kechalar dam oluvchilarning vaqti xush bo‘lishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu oromgohda bo‘lib, "Dolzarb 90 kunlik" vazifalari ijrosi bilan tanishdi. Mas’ullarga ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.






