NAMANGANDA 64-XALQARO “GULLAR FESTIVALI”GA TASHRIFLAR SONI 6 MILLIONDAN OSHDI
2025-06-18 05:25:00 / Yangiliklar
64-xalqaro “Gullar festivali” o‘zining ko‘lami, bezaklari va dunyo miqyosidagi ishtirokchilari bilan tom ma’noda gullarga burkangan Namangan shahrida davom etmoqda. Bugun, 17 iyun holatiga ko‘ra, festivalga tashrif buyurganlar soni 6 154 827 nafarga yetdi.

📌 Festivalga tashrif buyurganlar:
🌍 Xorijiy davlatlardan – 592 791 nafar
🇺🇿 Respublikamizning boshqa hududlaridan – 3 091 022 nafar
🏡 Namangan viloyatidan – 2 471 014 nafar
Namangan bugun nafaqat yurtimiz, balki xorijlik sayyohlar uchun ham gullar, san’at va milliy qadriyatlar maskaniga aylandi. Turli ko‘rgazmalar, gullar kompozitsiyalari, milliy an’analarni namoyon etuvchi sahna chiqishlari va rang-barang dasturlar orqali festival ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirmoqda.



