Seminar
2025-06-12 12:05:00 / Yangiliklar

Ushbu seminarda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirok etmoqda.
Seminarning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi. Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev Zoom orqali ishtirok etib, davlat tili siyosatining dolzarb yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.
Seminarning asosiy maqsadi — davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilarning malakasini oshirish, tajriba almashish uchun imkoniyat yaratish va ularning faoliyatini samarali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat.
Shuningdek, tadbir doirasida o‘zbek tili rivojiga qaratilgan muammolar va ularning yechimlari, imlo qoidalari, yangi nashrlar taqdimoti kabi masalalar ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Seminar davom etmoqda.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.







