Yoshlar bilan ochiq muloqot
2025-06-11 17:45:00 / Yangiliklar

Bugun Namangan shahar hokimligida Viloyatning yosh ekologlar harakati va yosh turizm elchilari Kengashi a’zolari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ekologiya vazirligi vakillari, viloyat hokimligi vakillari, ekologiya va turizm boshqarmasi vakillari, oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘qituvchilari qatnashdi.
✅ Ekoturizm imkoniyatlari
✅ Raqamli texnologiyalar orqali targ‘ibot
✅ Yoshlarning ekologik faolligini oshirish
✅ “Yashil iqtisodiyot” yili doirasidagi tashabbuslar muhokama qilindi.
Uchrashuv erkin muloqot, savol-javoblar va foydali takliflarga boy tarzda o‘tdi.
Turizm va ekologiya – bu kelajak sari yo‘naltirilgan harakatdir! Faol bo‘ling, g‘oyangiz qadrlanadi!






