"Dolzarb 90 kun": o‘quvchilarning ta’tili mazmunli o‘tmoqda
2025-06-10 14:55:00 / Yangiliklar
Prezidentimiz boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda belgilangan “Dolzarb 90 kun” doirasidagi vazifalar To‘raqo‘rg‘on tumanidagi umuta’lim maktablarida ham izchil amalga oshirilyapti. Jumladan, 5 ta umumta’lim maktablaridagi kunduzgi oromgohlarda 750 nafar o‘quvchi qamrab olingan. Boshqa muassasalarda esa turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun 526 nafar yigit-qizlar ta’lim oladigan 9-umumta’lim maktabida olib borilayotgan ishlar yuzasidan namunaviy seminar bo‘lib o‘tdi.
Darhaqiqat, maktabda shaxmat-shashka, futbol, basketbol, tennis, raqs, hunarmandchilik, komputer savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar davom etmoqda. O‘quvchilar o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib, yo‘nalish tanlashgan. Bu bilan ular fanlarni yanayam yaxshiroq o‘zlashtirishadi, jamoat ishlaridagi faolligi ko‘proq seziladi.
Bitiruvchilar esa davlat imtihonlarini topshirish bilan band, quvonarlisi, bu yoshlarning hammasi oliy ta’limda o‘qishni tanlashgan.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati.









