Xalqaro “Gullar festivali”da xalqaro sport turnirlari davom etmoqda
2025-06-10 15:25:00 / Yangiliklar
Bugun Namangan shahridagi "Barkamol avlod" sport majmuasida Shotokan karate-do sport turi bo‘yicha xalqaro ochiq turnir boshlandi.

Uning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi va ishtirokchilarni tabrikladi.
Shundan so‘ng turli yosh va vazn toifalarida bellashuvlar boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlardan, shuningdek, mamlakatimizning turli viloyatlaridan yosh sportchilar kuch sinashmoqda.
Turnir ertaga, 11 iyun kuni ham davom etadi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









