Axsikent arxeologiya parkida Manas nomidagi Qirg‘iz davlat universiteti talabalari amaliyot o‘tashmoqda
2025-06-06 09:40:00 / Yangiliklar

- 14 nafar talabamiz bilan 10 kunlik amaliyotimizni aynan Axsikentda o‘tkazishimiz bejizga emas. Dunyoning dongdor arxeologlaridan bo‘lgan buyuk ustozimiz Abdulhamid Anorboyevdan o‘rganadiganlarimiz ko‘p. Domlani tirik tarix desa bo‘ladi, - deydi, qirg‘izistonlik mashhur arxeolog, professor Kubat Tabaldiyev.
Talabalar orasida Misr, Eron, Turkiya fuqarolarining borligi arxeoekspeditsiyaga, xalqaro maqom bera oldi. Qirg‘iz davlat universiteti talabalari Namangan davlat universiteti Arxeologiya fakul’teti professor-olimlari bilan yelkama-yelka ishlashmoqda.
Qurbon hayiti munosabati bilan Axsikent arxeologiya parkida talabalar, quruvchilar va arxeologlar uchun yuz kishilik bayram dasturxoni yozildi.




