64-xalqaro “Gullar festivali” doirasida olimlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi
2025-06-08 13:05:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Ikromxon Najmiddinov ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad va uning mohiyati haqida to‘xtalib, uch avlod vakillarining uchrashuvi “Inson qadri uchun” shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlarning uzviy davomi ekanligini ta’kidladilar.
Tadbirda Namangan viloyatining faol olim va olimalari, keksa avlod va yoshlar vakillari “Tashakkuronoma” hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bir piyola choy bahona dildan suhbatlar uyushtirilib, boy hayotiy tajribalar, ilmiy izlanishlar, kelgusi rejalar haqida fikr-mulohazalar almashildi.
San’at ustalarining badiiy chiqishlari davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.









