Namanganda yana bir xalqaro seminar
2025-06-04 11:35:00 / Yangiliklar
Bugun 64-xalqaro “Gullar festivali” doirasida yana bir xalqaro seminar o‘z ishini boshladi. U “Axsikent” mehmonxonasi konferens zalida "Elektrobuslar parkini joriy etish va ekspluatatsiya qilishda samaradorlikni oshirish" mavzusiga bag‘ishlangan.

Viloyat hokimligi, Transport vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Global Ekologiya Fondi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda vodiy viloyatlari va poytaxtdan kelgan soha mutaxassislari, xalqaro ekspertlarning mavzu yuzasidan ma’ruzalari tinglanmoqda. Bunda elektr mobillikka o‘tishning sabablariga alohida e’tibor qaratilmoqda.








