Shaxmat taxtasida chempionlikka intilish kuchaymoqda!
2025-06-02 11:55:00 / Yangiliklar
64-Xalqaro Gullar festivali doirasida o‘tkazilayotgan I Xalqaro shaxmat turnirining 5-kun bahslari start oldi.

Bugungi o‘yinlar ham an’anaviy ruhda – yuqori darajadagi raqobat, mahoratli yurishlar va intellektual to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tmoqda.
Turnir nafaqat professional shaxmatchilar, balki yosh iqtidorlar uchun ham o‘z salohiyatini namoyon etish, tajriba orttirish va katta shaxmat sahnasiga qadam qo‘yish imkonini bermoqda.
O‘zbekistonda shaxmatga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani, ushbu turnirning tashkiliy va sport jihatidan yuqori saviyada o‘tkazilayotgani yana bir bor tasdiqlanmoqda.
Chempionlik uchun kurash tobora qizg‘inlashmoqda. Oldinda esa hal qiluvchi bahslar kutib turibdi!
Namangan viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi Axborot xizmati




