“Afsonalar vodiysi”da moda va iste’dod namoyishi bo‘lib o‘tdi
2025-05-30 23:05:00 / Yangiliklar
64-Xalqaro “Gullar festivali” doirasidagi eng yorqin, eng kutilgan va eng shov-shuvli tadbirlardan biri — “Moda va iste’dod – 2025” ko‘rgazmasi Namangan oqshomiga yanada fayz bag‘ishladi.

Bugun “Afsonalar vodiysi” tematik parkida nafaqat zamonaviy uslub, balki yosh dizaynerlar va iqtidor egalarining ham mahoratlari namoyon bo‘ldi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov 64-xalqaro “Gullar festivali” kunlari o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar milliy qadriyatlarimizni yanada ulug‘lashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.
Mamlakatimizning turli hududlari, qo‘shni respublikalardan kelgan yosh dizaynerlar yaratgan kolleksiyalar barchada katta taassurot qoldirdi.
Dastur mehmoni bo‘lgan estradamiz yulduzlari - Samandar Hamroqulov va Baxriddin Zuxriddinov o‘z qo‘shiqlari bilan oqshomga yanada fayz kiritdilar.









