NAMANGANDA KITOBXONLIK BAYRAMI O‘TKAZILDI
2025-05-30 23:59:00 / Yangiliklar

Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuriddinov, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov, mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan Bolalar kutubxonalari mas’ullari, o‘quvchilar va ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
“Eng kitobxon maktab”, “Eng faol kitobxon o‘quvchi”, “Ijodkor bolalar”, “Eng kitobxon oila” va “Tashabbuskor kutubxonachi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilgan kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarida jami 78622 nafar o‘quvchilar qamrab olinib, shahar - tuman bosqichlarida 8652, viloyat bosqichida esa 84 nafar kitobsevarlar bahs olib bordilar.
Ma’naviyat bayramida so‘z olganlar yurtimizda kitob va kitobxonlikka qaratilayotgan yuksak e’tiborni e’tirof etar ekan, nafaqat o‘quvchilar, balki ta’lim jarayonida faoliyat yuritayotgan har bir pedagog uchun ham kitobxon bo‘lish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Diltortar kuy – qo‘shiqlar va o‘quvchi – yoshlarning beg‘ubor raqslari tadbirga yanada mazmun va bayramona tantanavorlik kasb etdi.
Kitobga mehr qo‘ygan, bilim va tafakkurda tengsiz bo‘lgan 40 nafar g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati









