Murodxo‘jayev G‘ulomjon Sobitxo‘jayevich Pop tumani hokimi etib tayinlandi
2025-05-27 14:30:00 / Yangiliklar

Mehnat faoliyatini 1999-yilda Namangan viloyati Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari boshqarmasi yetakchi mutaxassisligidan boshlagan.
2005—2016-yillarda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Namangan viloyat monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Namangan shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan.
2016—2020-yillarda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.
U 2021-yildan hozirga qadar Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
G‘.Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining tegishli qarori bilan Pop tumani hokimi etib tayinlandi.
Qaror xalq deputatlari Pop tumani Kengashining bugun bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tasdiqlandi.
