64-xalqaro “Gullar festivali”ning nufuzli mehmonlari viloyat hokimi tomonidan qabul qilindi
2025-05-26 17:40:00 / Yangiliklar
Xususan, “Gullar festivali”da ilk bor ishtirok etayotgan O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi elchisi Vafa Jabr Nasser Al Busaidi xonim juda yuksak darajadagi tadbirlardan hayratlanganini e’tirof etdi.

Bu qadar go‘zal festival bo‘lishini tasavvur qilmagandim. Ayniqsa, “Afsonalar vodiysi” tematik parkidagi betakror manzara katta taassurot qoldirdi. Bugun yana Bobur bog‘idagi kompozitsiyalarni maroq bilan tomosha qildik, - deya ta’kidladi elchi xonim.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mehmonga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, festival ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.



