“Yutuqlaringizdan biz ham quvonamiz”
2025-05-26 17:50:00 / Yangiliklar

O‘zaro muloqotda O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlarining qat’iy siyosiy irodasi va do‘stona munosabatlari tufayli o‘zaro hamkorlik kengayib borayotgani, bu o‘z navbatida ikki Davlat xalqlari farovonligi uchun xizmat qilayotgani e’tirof etildi.
-Keyingi yillarda erishayotgan yutuqlaringizni ko‘rib biz ham quvonamiz. 64-xalqaro “Gullar festivali” ana shu yutuqlaringizni namoyon qilib berdi. Unda ishtirok etganimizdan mamnunmiz, - dedi Iliyaz Tashbayev.
Muloqotda ikki tomonda ham hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun hali katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi. Mehmon bu yilgi tadbirga taklif uchun o‘z minnatdorligini izhor qildi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mehmonga festival ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.



